Sifatli ta’lim yo‘lida xalqaro hamkorlik
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining xalqaro hamkorlik doirasidagi navbatdagi muhim tadbiri sifatida, hamkor universitetlaridan biri — Hindistonning Javaharlal Neru universiteti professori Xoja Ikramuddin tomonidan universitetimiz professor-o‘qituvchilari uchun o‘tkazilgan ma’ruza va kitob taqdimoti bo‘yicha ma’lumotlar Hindistonning nufuzli nashrlarida — «Qaomi Bharat», «Al-hayat», «Anvar-e qaom», «Lazwaal», hamda «Lohia» gazetalarida yoritildi.
Nashr etilgan maqolalar nafaqat ilmiy va madaniy almashinuvni mustahkamlash, balki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchilarning salohiyatini rivojlantirish va xalqaro tajriba almashinuviga yo‘l ochish nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega. Bu esa BMTning 4-maqsadi — “Sifatli ta’lim”ga muvofiq ravishda, har tomonlama inklyuziv va adolatli ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. https://1drv.ms/b/s!ArPPmaHdqSuDzltYdvnWfcVyAUeB?e=xuZfI6
