Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Investisiyalarni jalb etishdagi faollik

06.03.2019, 14:44 Yangiliklar 3017

Toshkent davlat sharqshunoslik institutida institut moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ta’lim jarayonida innovasion usullar hamda zamonaviy texnik vositalarni qo‘llash, ayniqsa bu jarayonda xorijiy universitetlar bilan hamkorlik qilish, xalqaro tashkilotlar investisiyalarini jalb qilishga katta e’tibor qaratiloqda. Bu kabi masalalar O‘zbekiston Respublika Prezidentining «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2909 sonli Qarorida ham alohida ta’kidlangan edi.

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti shu yo‘nalishdagi say-harakatlari natijasida Akademik innovatsiyalar fondi tomonidan e’lon qilingan grant tanlovida “Xalqaro aloqalarning yangi bosqichida ta’lim sifatini oshirish va sinxron-tarjimonlarni tayyorlashda zamonaviy sharoitlarni yaratish” grant loyihasi bilan ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Akademik innovatsiyalar fondi tomonidan e’lon qilingan mazkur grant tanlovi Jahon banki tomonidan O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilishga qaratilgan loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi jahonning ko‘plab mamlakatlari bilan hamkorlik munosabatlarini rivojlantirayotgan va mustahkamlayotgan bir sharoitda, sinxron tarjimonlarni tayyorlash masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Chunki, madaniyatlararo muloqotda turli millat vakillari bilan ularning ona tillarida ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish muhim sanaladi.  Shu bilan bir qatorda yuqori malakali, raqobatbardosh kadr bo‘lib yetishishda chet tillarini mukammal egallash zamonning asosiy shartlaridan biri ekanligi hech kimga sir emas.

“Xalqaro aloqalarning yangi bosqichida ta’lim sifatini oshirish va sinxron-tarjimonlarni tayyorlashda zamonaviy sharoitlarni yaratish” grant loyihasi Koreya Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassalaridan biri hisoblanuvchi Xankuk chet tillari universiteti bilan hamkorlikla amalga oshiriladi. Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad sharq tillari bo‘yicha sinxron tarjimonlarni tayyorlash jarayonida ta’lim sifatini oshirish, talabalarning o‘zlari tanlagan yo‘nalishlariga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, TDShI hamda respublika OTMlari professor-o‘qituvchilari malakasini oshirish hamda mehnat bozorida sinxron tarjimonlarga bo‘lgan talabni qondirish sanaladi.

Bugungi kunda Toshkent davlat sharqshunostik institutida 14 ta sharq tili va 4 ta g‘arb tillari o‘rgatilib, talabalar xalqaro munosabatlar, jahon siyosati, jorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik, sharq falsafasi, tarix va manbashunoslik, filologiya va tarjimashunoslik yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olmoqdalar. 140 ming AQSh dollariga teng moliyalashtirish hajmiga ega mazkur grant doirasida institutga sinxron tarjima uchun mo‘ljallangan maxsus texnik jihozlarni xarid qilish ko‘zda tutilgan.

Loyiha doirasida fan, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasida uzviylikni ta’minlash va jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy taraqqiyotiga yo‘naltirish, ta’lim jarayoni va ilmiy-tadqiqotlarni yuqori saviyada amalga oshirish salohiyatiga ega bo‘lgan yetakchi olimlar, ilmiy jamoalar, ilmiy va ilmiy-pedagogik maktablarni qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar ilmiy-ijodiy faoliyatini rivojlantirish, tegishli sohalarning texnik va texnologik muammolari banki va institut ilmiy-tadqiqot mavzularining yagona ro‘yxatini takomillashtirish, olib borilayotgan ilmiy izlanishlarni mazkur muammolar yechimlariga yo‘naltirish, marketing tadqiqotlarini olib borish, tegishli ilmiy va texnik sohalarni prognozlashtirish va doimiy monitoring qilish tizimini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat sharqshunoslik institutida «Ta’lim klasterini» tashkil etilishi nazarda tutilgan.