“IPAK YO‘LI: TURIZM PRIZMASI ORQALI HAMKORLIK” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
2024-yilning 10-11-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bilan hamkorlikda “IPAK YO‘LI: TURIZM PRIZMASI ORQALI HAMKORLIK” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasiyasi bo’lib o’tmoqda.
Konferensiyani birinchi kunida TDSHU rektori G.Rixsiyeva boshchiligidagi universiteti vakillari ishtirok etdi. Univeristeit rektor konferensiya ishtirokchilarini samimiy tabriklab, ularga muvaffaqiyat tiladi.