“Ipak yo‘lidagi turizm” – Toshkent xalqaro turizm yarmarkasining 30-yubiley tadbiri
CAEx ko’rgazma majmuasida “Ipak yo‘lidagi turizm” – Toshkent xalqaro turizm yarmarkasining 30-yubiley tadbiri tashkil etildi.
Yarmarkada buyuk ipak yo’li doirasida turizmni rivojlantirishga hissa qo’shib kelayotgan mahalliy va xalqaro turistik tashkilotlar o’zlari tomonidan yaratilgan ko’plab tur paketlar bilan ishtirok etishmoqda va manzillarning vizual ko’rinishlari namoyish qilinmoqda.
Mazkur tadbirda TDSHU ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori Durbek Sayfullayev boshchiligidagi universitetimiz jamoasi ishtirok etmoqdalar.
Shuningdek, universitetda tomonidan Rishton, Chust, Yangiqo’rg’on va Boysun tumanlari turizm salohiyatini oshirishda doirasida amalga oshirilgan ishlar namoyish qilinmoqda.








