Jahon siyosati, tarix v falsafa fakultetida ota-onalar majlisi
2018-yil 17-yanvar sanasida “Jahon siyosati, tarix va falsafa” fakultetida “Ota-onala majlisi” bo’lib o’tdi. Ushbu tadbirda institut va fakultet rahbariyati, ushbu fakultetda tahsil olayotgan 1-bosqich talabalari hamda ularning ota-onalari ishtirok etishdi. Ushbu yig’ilishda asosiy e’tibor 1-yarim yillik natijalari, talabalarning davomati va odob ahloq qoidalari ko’rildi. Tadbirda so’zga fakultet dekani I.N.Bekmuratov chiqdi va institut rahbariyatini ota-onalarga tanishtirdi. So’zga o’quv ishlari bo’yicha prorektor N.Abdullaev, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor Sh.Aripov chiqdi. Tadbir so’ngida shu kabi uchrashuvlarni ko’proq o’tkazishga kelishib olindi.