Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

JANUBIY OSIYO TILLARI VA ADABIYOTI OLIY MAKTABI QOSHIDAGI “URDUSHUNOSLIK TADQIQOTLARI” ILMIY MARKAZI

8 Markaz direktori ABDURAXMONOVA MUXAYYO XAKIMOVNA
Qabul vaqti: Haftaning dushanba, chorshanba kunlari soat 10:00 dan 16:00 gacha
Tel: 998955681
e-mail: muhayabdurahman@yahoo.com

 

Markazning vazifalari

 Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:

ilmiy-tadqiqot olib borish bo‘yicha:

– Pokiston va Hindiston xalqlari urdu adabiyoti tarixi, rivojlanish bosqichlarini o‘rganishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish;

– Urdu adabiyotshunosligi va tilshunosligi mutaxassislarining nazariy qarashlarini o‘rganish;

Pokiston va Hindiston madaniyati, tarixi, adabiyoti, iqtisodi, siyosati va tilini har tomonlama chuqur o‘rganishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda O‘zbekiston Respublikasi  Pokiston va Hindiston davlatining o‘zaro hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish nuqtayi nazaridan o‘rganish;

– Urdu tili bo‘yicha  ilmiy-pedagogik xodimlarni tayyorlash, shuningdek, mahalliy va  pokistonlik va hind  hamkorlar bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, xususan, ilmiy loyihalar, dissertatsiyalar, monografiyalar va ilmiy maqolalar tayyorlash;

– Pokiston, Hindiston va O‘zbekistondagi til vaziyati, urdu va o‘zbek tillarini, urdu va o‘zbek adabiyoti, madaniyatini qiyosiy o‘rganishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda uning natijalarini ta’lim jarayoniga bevosita qo‘llash orqali urdu va o‘zbek tillari va madaniyatini dunyo miqyosida targ‘ib etish;

– Urdushunoslik tadqiqi hamda Pokiston va Hindistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatinining tahlili asosida universitet bakalavrlik va magistrlik o‘quv rejalaridagi til, adabiyot, tarix, iqtisodiyot va siyosatshunoslik bilan bog‘liq kurslar o‘quv dasturlarining mazmun-mohiyatiga  zamon ruhi singdirilgan tavsiyalar ishlab chiqish;

– Pokiston va Hindiston madaniyati, tarixi, adabiyoti, iqtisodi, siyosati va urdu tiliga oid asarlarni o‘zbek tiliga va aksincha, O‘zbekiston madaniyati, tarixi, adabiyoti, iqtisodi, siyosatiga oid asarlarni tarjima va nashr qilish orqali har ikki mamlakat  qadriyatlari va milliy madaniy merosini dunyoga tanitish;

– Urdushunoslikning rivoji, taraqqiyoti va istiqboli bo‘yicha Pokiston va Hindistonning  hamkor OTMlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va xalqaro tashkilotlari bilan turli darajalarda ilmiy konferensiya, seminar va davra suhbatlari o‘tkazish;

– Ilmiy seminarlar, davra suhbatlari va turli ilmiy anjumanlar tashkil etish orqali o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar malakasini oshirib borish;

– Markaz ilmiy-tadqiqot natijalarini muntazam ravishda yoritib borish maqsadida Markaz faoliyati bilan tanishtiruvchi materiallar va soha bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalarni xorijiy, xususan, Scopus va Web of Science  bazalarida indekslanuvchi nashrlarda hamda respublika va universitet nashrlarida muntazam chop etib borish;

– Respublikada ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan o‘qituvchilar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun markaz qoshida “Ilmiy ish yozish asoslari” kurslarini tashkil etish;

– Markaz ishiga yurtimiz, Pokiston va Hindistonda  faoliyat olib borayotgan yetakchi urdushunos olimlarni jalb qilish;

– Pokiston va Hindiston madaniyati, tarixi, adabiyoti, iqtisodiyoti, siyosati va urdu tilini tadqiq va tahlil eta oladigan urdushunos mutaxassislarning yangi avlodini shakllantirishda faol ishtirok etish;

–Iqtidorli talabalar, magistrantlar, doktorantlar bilan birgalikda startap, innovatsion loyihalar ishlab chiqish, Pokiston va Hindistondagi yetakchi ilmiy-tadqiqot markazlari va OTMlari bilan hamkorlikda ilmiy seminarlar va loyihalar taqdimotlarini o‘tkazish;

– Universitetda urdushunoslik yo‘nalishida bajariladigan tadqiqot ishlarini o‘z vaqtida bajarilishini monitoring qilish va ijrosini ta’minlash.

o‘quv ishlari bo‘yicha:

  • Urdu tili va adabiyoti, uning rivojlanish bosqichlari bo‘yicha bakalavr va magistratura bosqichlari uchun o‘quv adabiyotlari, shu jumladan, o‘quv-uslubiy qo‘llanma, o‘quv qo‘llanma, darslik, xrestomatiyalar yaratish va ularni markazda muxokama qilish va nashrga tavsiya etish;
  • O‘quv adabiyotlari yaratilishida xorijiy adabiyotlarni jalb qilishni takomillashtirib borish;
  • O‘quv adabiyotlari yaratilishida xorijiy mutaxassislarni ham jalb qilishni yo‘lga qo‘yish;

tashkiliy ishlar bo‘yicha:

– Toshkentdagi pokistonlik va hind mutaxassislar ishtirokida onlayn yoki oflayn tarzda ilmiy seminarlar, davra suhbatlari va uchrashuvlar, turli ilmiy xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy va amaliy anjumanlarni tashkil etib borish orqali o‘qituvchilar va yosh ilmiy tadqiqotchilar malakasini oshirib borish;

– Universitet urdu tili ustozlari hamkorligida yangi davr adabiyoti namunalarini o‘zbek tiliga shuningdek, o‘zbek adiblarining sara asarlarini urdu tiliga tarjima va nashr ettirish ishlarini amalga oshirish;

  • Talaba va magistrantlarning urdu tili lingvistikasi va adabiyotshunosligi bo‘yicha ilmiy anjumanlarini tashkil etib borish, talabalar maqolalarini ilmiy to‘plam sifatida nashr ettirib borish;
  • 00.05 – “Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti” (lingvistika va adabiyotshunoslik yo‘nalishi) va 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (adabiyotshunoslik yo‘nalishi) ixtisosligi bo‘yicha doktorantlar, tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va erkin tadqiqotchilar ilmiy mavzularini tasdiqlash, ilmiy daraja olish uchun yozilayotgan  dissertatsiyalarni bobma-bob muxokamalardan o‘tkazish va ularni himoya jarayonlariga tayyorlab borish;
  • Markaz faoliyati bilan tanishtiruvchi materiallarni hamda soha bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalarni respublika va universitet nashrlarida muntazam chop etib borish;
  1. Markaz unga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

– Urdushunoslikning dolzarb masalalari bo‘yicha seminarlar, davra suhbatlari, konferensiyalar tashkil etadi;

– Universitetning va Markazning tasdiqlangan rejasi asosida tadqiqot natijalarini keng jamoatchilikka yetkazish uchun tahliliy maqolalar, tahliliy ma’ruzalar tayyorlaydi;

– Pokiston va Hindiston mutaxassislari bilan hamkorlikda o‘quv kurslarini, o‘quv adabiyotlarini tayyorlashda ishtirok etadi;

– Universitet maqsadi va vazifalariga zid kelmaydigan boshqa tahliliy loyihalarda ishtirok etadi;

– Markaz ishini tashkil etishga universitet professor-o‘qituvchilari, talabalari, tadqiqotchilari, magistrlarini, shuningdek, davlat boshqaruv organlarining xodimlari, tahliliy markazlarning, ilmiy muassasalarning vakillari, xorijiy davlatlarning mutaxassislarini jalb etadi;

– Pokiston va Hindiston madaniyati, tarixi, adabiyoti, iqtisodi, siyosati va indonez tili bo‘yicha amalga  oshiriladigan bitiruv malakaviy ishlar, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari va turli ilmiy tadqiqotlar, tahliliy loyihalarni kafedralar bilan hamkorlikda muvofiqlashtiradi;

– Pokiston va Hindiston madaniyati, tarixi, adabiyoti, iqtisodi, siyosati va indonez tili  bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishda ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va tatbiq etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

– Pokiston va Hindiston madaniyati, tarixi, adabiyoti, iqtisodi, siyosati va urdu tilini chuqur o‘rganishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish orqali O‘zbekiston, Pokiston va Hindiston  davlatlarining o‘zaro hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirishga hissa qo‘shadi;

– Urdushunoslikning turli yo‘nalishlari va dolzarb masalalari bo‘yicha materiallar tayyorlaydi.

28.10.2024, 13:44 118