TDSHUda Yaponiya delegatsiyasi
2026-yil 3-mart kuni TDSHUga Yaponiyaning Balcom kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Yamasaka Tetsuro boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida universitet rahbariyati tomonidan ta’lim va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari, xalqaro hamkorlik aloqalari hamda yapon tilini o‘qitish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tomonlar o‘zaro akademik almashinuv dasturlarini kengaytirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni yo‘lga qo‘yish hamda Yaponiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.



