Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

“Karyera kuni” mehnat yarmarkasi

31.03.2026, 15:25 Yangiliklar 47

31 mart kuni Tashqi siyosat va xalqaro iqtisodiy munosabatlar institutida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Unda davlat muassasasidan “Barqaror rivojlanish markazi”, aksionerlik jamiyatlaridan “Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Sayohat filyali” va “Kafil sug‘urta”, kompaniyalardan’ ‘‘Bering Servis”, “Versailles travel” va Hotel Pristige Terrasa tashkilotlari o‘zlarida mavjud 60 dan ortiq ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi.

Tadbirda bitiruvchilar hamda ish beruvchi hamkor tashkilotlar o‘rtasida suhbatlar tashkil qilinib, bitiruvchi kurs talabalari bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lishdi.
E’lon qilingan bo‘sh ish o‘rinlari uchun bitiruvchi kurs talabalari murojaat qilib, o‘z ma’lumotnomalarini tashkilot vakillariga topshirishdi.