Katta ilmiy xodim izlanuvchilar va mustaqil tadqiqotchilarning navbatdagi Ilmiy seminari
2016-yil 12-oktabrda Toshkent davlat sharqshunoslik institutida Katta ilmiy xodim izlanuvchilar va Mustaqil tadqiqotchilarning navbatdagi Ilmiy seminari o‘tkazildi. Unda M.Maqsudova (“Turkiy tillar” kafedrasi Katta ilmiy xodim izlanuvchisi) “Qadimgi turkiy tilda maqollarning berilishi” mavzuida hamda N.Xalmurzayeva (“Yapon filologiyasi” kafedrasi Katta ilmiy xodim izlanuvchisi) ““Выражение ритуального характера в коммуникативном поведении японцев в деловой культуре общения” mavzuida ilmiy ma’ruza qildilar.