Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Kechki va sirtqi bo’limi

654 BITURAEV UKTAMJON BAZARBAYEVICH
Ilmiy darajasi va unvoni: Katta o‘qituvchi
Lavozimi: Bo‘lim boshlig‘i
Qabul vaqtlari: Har kuni (14:00-16:00)
Telefon raqami: +998901271539
E-mail: skbb@tsuos.uz

Bo‘limning qisqacha tarixi

2017/2018-o‘quv yilida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti sirtqi va kechki ta’lim shakli bo‘yicha kadrlar tayyorlash jarayoni yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan “Sirtqi bo‘lim” tashkil etildi va bo‘lim sirtqi ta’limni tashkil etish uchun asosiy mas’ul tuzilma sifatida belgilandi. Bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki (smenali) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 930-son Qarori asosida o‘z faoliyatini boshladi.

2022/2023-o‘quv yilida Sirtqi bo‘lim, o‘z tarkibiga kechki ta’lim shaklini qamrab olganligi sababli u “Kechki va sirtqi bo‘lim” deb qayta nomlandi. Mazkur yillar davomida kechki va sirtqi ta’lim shaklida 1500 dan ortiq talabalar 11 ta ta’lim yo‘nalishida tahsil olishdi.

 Bo‘limning bugungi kundagi faoliyati

  • 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida amalga oshirilgan keng qamrovli islohotlar natijasida kechki va sirtqi ta’lim shakllarini qamrab olgan Kechki va sirtqi bo‘lim qayta tashkil etildi. Bo‘lim nomi “Kechki, sirtqi va masofaviy ta’lim bo‘limi” nomiga o‘zgartirildi hamda tuzilmaviy jihatdan universitetning “Amaliy fanlar” fakultetida qoshida tashkil etildi.

Bugungi kunda bo‘limda quyidagi ta’lim shakllari mavjud:

  • sirtqi ta’lim shakli hamda ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim shakli;
  • kechki ta’lim shakli va hamda ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim shakli;

Shu bilan birgalikda kelgusi o‘quv yillaridan boshlab masofaviy ta’lim shakli qabulini tashkil etilishi rejalashtirilgan.

2024/2025-o‘quv yilida kechki ta’lim shaklida 11 ta ta’lim yo‘nalishi mavjud bo‘lib, ularda 830ga yaqin talabalar tahsil olmoqda. Universitet moddiy-texnik bazasi imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda joriy o‘quv yilidan boshlab kechki ta’lim shakli uchun qabul jarayoni to‘xtatildi.

2024/2025-o‘quv yilida sirtqi ta’lim shaklida 12 ta ta’lim yo‘nalishi mavjud bo‘lib, ularda 1400ga yaqin talabalar tahsil olmoqda.

 

2024/2025-o‘quv yilida sirtqi ta’lim shakli quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar birinchi kursga o‘qish uchun qabul qilingan:

Ta’lim yo‘nalishi Ta’lim

tili

shifri

nomi

1

60220300

Tarix

O‘zbek/Rus

2

60220500

Falsafa

O‘zbek/Rus

3 60220600

Antropologiya va etnologiya

O‘zbek

4 60310200 Xalqaro munosabatlar

O‘zbek/Rus

5

60310300

Psixologiya

O‘zbek

6

60320100

Jurnalistika

O‘zbek

7

60410100

Iqtisodiyot

O‘zbek/Rus

8

60410800

Menejment

O‘zbek

9

60411100

Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar

O‘zbek/Rus

10 610101000 Turizm va mehmondo‘stlik

O‘zbek/Rus

SIRTQI BOLIM FAOLIYATINI TASHKIL ETISHGA OID MEYORIYHUQUQIY HUJJATLAR

“Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”dagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori (393-son 20.06.2017)

“Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki (smenali) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori (930-son 21.11.2017)

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori (824-son 31.12.2020)

“Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”dagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i (3069-son. 26.09.2018)

 

28.10.2024, 12:41 417