Kitobxonlik chegara bilmaydi
Institut Sharq filologiyasi fakultetida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 tashabbusi bo‘yicha xududdagi aholi o‘rtasida ishlar olib borilmoqda. Kuni kecha fakultet mas’ullari institut Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi ishtirokida fakultetga biriktirilgan Mirobod tumanida joylashgan “Abdulla Avloniy” va “Farovon” maxallalari axolisi uchun kitoblar to‘plamini topshirdilar. Shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘ini raislari bilan maxalla yoshlari uchun xorijiy tillarini va kompyuterdan foydalanishni o‘rgatish bo‘yicha rejalarni kelishib oldilar.