Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

KOICA-KIDC tashkiloti vakillari TDSHUga tashrif buyurdi

19.05.2025, 12:40 Yangiliklar 272

#SDG4

2025-yil 19-may kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalariga “KOCE” dasturi to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berish uchun Im Sangmi xonim – KOICA-KIDC tarkibidagi KOCE tashabbusi jamoa rahbari Koreyashunoslik oliy maktabiga tashrif buyirdilar. Im Sangmi xonim hamda Koreyashunoslik oliy maktabi talabalari o‘rtasida qizg‘in davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

2Y4A2172

Eslatib o‘tamiz, KOCE — bu O‘zbekiston yoshlariga Koreyada ta’lim olish va ishga joylashish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatishga qaratilgan dasturdir.

2Y4A2168

Tadbir davomida 4 xil tematik stend faoliyat yuritishi kutilmoqda.

2Y4A2164

  1. Ta’lim va ishga joylashish stendi: Bu bo‘limda Koreyada viza olish, o‘qishga kirish, stipendiyalar va ish e’lonlari haqida ma’lumot olish mumkin bo‘ladi.
  2. Koreya hayoti va ish madaniyati stendi: Bu yerda Koreyada yashash, mahalliy hayot tarzi, ishbilarmonlik madaniyati, korxona odatlari haqida ma’lumot beruvchi qo‘llanmalar bilan tanishiladi.
  3. Hujjatlarni tayyorlash bo‘yicha maslahatlar stendi: Koreyada o‘qish uchun avto-tarjimai hol va ishga kirish uchun hujjatlarni 1:1 shaklida ko‘rib chiqish imkoniyati mavjud.
  4. Individual suhbat (intervyu) mashg‘ulotlari stendi: Magistratura yoki ishga kirish uchun intervyularda ko‘p beriladigan savollar asosida mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Ishtirokchilarga “Intervyu strategiyalari” to‘plami ham beriladi.

2Y4A2178

2Y4A2176

2Y4A2177

2Y4A2161