Koreyalik talabalar TDSHUda yozgi maktab doirasida ta’lim olmoqda
![](https://tsuos.uz/wp-content/uploads/2023/08/Kimyong-universiteti-1024x1024.jpg)
Koreya Respublikasi Kimyong universitetidan Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida tashkil etilgan yozgi maktabga 9 nafar talaba rus tilini chuqurroq o‘rganish maqsadida keldilar. Ular 24-iyuldan 18-avgustga qadar O‘zbekistonda bo‘lib, til bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish bilan bir qatorda O‘zbekiston tarixi, madaniyati va urf odatlari bilan ham yaqindan tanishadilar.