Koreyashunoslik bo‘yicha ilmiy-metodik seminar
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Barqaror rivojlanish Maqsadlarining 4-yo‘nalishi – “Ta’lim sifati” doirasida keng jamoatchilik uchun maxsus darslar tashkil qilish chora-tadbirlarini amalga oshiriladi.
Toshkent shahridagi Puchon universitetida 2022-yil 11-yanvar kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, koreys filologiyasi kafedrasi filologiya fanlari doktori (DSc), professor Kim Natalya Dek-henovnaning ilmiy-metodik seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda koreys tilshunosligi sohasidagi ilmiy ishlar, koreyashunoslikning dolzarb masalalari haqida so‘z yuritildi.
Bundan tashqari, O‘zbekistonda koreys tilini o‘rganish muhimligi, respublikada koreys tilini o‘qitish sharoitiga moslashtirilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalarini tayyorlash muhimligi ta’kidlandi. Toshkent shahridagi Puchon universiteti yosh o‘qituvchilari uchun PhD va DSc darajalari, mutaxassislik yo‘nalishlari va dissertatsiya ustida ishlash usullari bo‘yicha seminar-trening tashkil qilindi.
Trening so‘nggida barcha o‘zining qiziqtirgan savollariga tegishli javoblar oldilar.