Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Koreyashunoslik fakultetida ochiq maʼruza boʻlib oʻtdi

11.02.2020, 14:21 Yangiliklar 3544

11-fevral kuni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Koreyashunoslik fakultetida Koreya Respublikasi OTMlari top 10 taligi va dunyo OTMlari 500 taligiga kirgan Hanyang universiteti bilan “Koreys korporatsiyalarining rivojlanishi, ularning mamlakat iqtisodiyotida tutgan o‘rni” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi. Ochiq muloqot davomida Koreya iqtisodiyotining rivojlanish bosqichlari, jamiyat taraqqiyotida korporatsiyalarning tutgan o‘rni, biznesning rivoji va startap korxonalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida maʼlumotlar berildi.Maʼruzani Xanyang universiteti Xalqaro munosabatlar fakulteti professori Lyu Chju Xan olib bordi.13.30dan 14.30gacha davom etgan ochiq maʼruzada talaba yoshlar mavzuga doir oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Ushbu loyiha talabalarning Koreya iqtisodiyotiga doir bilimlarini yanada oshirishda muhim hisoblanadi. Ochiq maʼruzada koreys tilini bilish darajasiga ega bo‘lgan koreys filologiyasi yo‘nalishi, Koreya iqtisodiyoti va siyosati yo‘nalishi, hamda Koreya tarixi va madaniyati yo‘nalishidan talabalar ishtirok etdilar.

photo_2020-02-12_13-14-31-300x200 photo_2020-02-12_13-14-29-300x200 photo_2020-02-12_13-14-28-300x200 photo_2020-02-12_13-14-30-300x200 photo_2020-02-12_13-14-27-300x200 photo_2020-02-12_13-14-26-300x200 photo_2020-02-12_13-14-25-300x200