«Korpus lingvistikasi va undan o’quv jarayonida foydalanish» mavzusida master-klass
20-dekabr kuni ToshDSHI Sharq filologiyasi fakultetining qishki ta’til rejasiga ko’ra, Eron-afg’on filologiyasi kafedrasi professori, yirik olim, filologiya fanlari doktori A.Quronbekov fakultet professor-o’qituvchilari uchun «Korpus lingvistikasi va undan o’quv jarayonida foydalanish» mavzusida master-klass o’tib berdi. Tadbirni Sharq filologiyasi fakulteti dekani, filologiya fanlari doktori, professor Q.Omonov kirish so’zi bilan ochib berdi hamda kelgusida fakultet miqyosida olib borilishi rejalashtirilgan o’quv-uslubiy, ilmiy ishlar xususidaga rejalar bilan o’rtoqlashdi.
