“Korrupsiya va poraxo‘rlikka qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida onlayn davra suhbati bo‘lib o‘tdi
Kuni kecha “Korrupsiya va poraxo‘rlikka qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida onlayn davra suhbati o‘tkazildi.
Unda Oliy Majlis Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi B.Matmuratov, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi profesor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Davra suhbatida oliy ta’lim sohasida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan huquqiy mexanizm va amaliy chora-tadbirlar olib borilishi, ushbu yo‘nalishda ilg‘or xorijiy tajriba to‘g‘risida so‘z yuritildi.
Shu bilan birga, oliy ta’lim tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasi amalga oshirilishiga urg‘u berildi.