Vengriyalik talabalar uchun ma’ruza
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida BMTning 17ta Barqaror Rivojlanish Maqsadlarining 4-yo‘nalishi “Sifatli ta’lim” va 17-yo‘nalishi “Barqaror rivojlanish yo‘lida hamkorlik” doirasida 2023-yil 3-oktabr kuni Vengriyaning Budapeshtdagi Etvosh Lorand universiteti bilan tuzilgan hamkorlik doirasida “Mumtoz filologiya va adabiy manbashunoslik” kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” Qosimjon Sodiqov “Chig‘atoy adabiyoti va uning turkiy yozma adabiyot tarixida tutgan o‘rni” nomli ma’ruzasini vengriyalik talabalarga o‘tib berdi. Ma’ruza talabalarga manzur bo‘ldi, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.