Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Lyaonin pedagogika universiteti delegatsiyasi TDSHUga tashrif buyurdi

27.01.2026, 11:23 Yangiliklar 134

2026-yil 26-yanvar kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga XXRning Lyaonin pedagogika universiteti Xalqaro almashinuv bo‘limi boshlig‘i janob GONG Zheng boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Tashrif davomida qo‘shma ta’lim dasturi doirasida tahsil olayotgan talabalar masalalari yuzasidan muzokaralar olib borildi, hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.