Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Magistrlik dissertatsiyalari himoyasi

2022/2023 o‘quv yili magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilarining magistrlik dissertatsiyalarini rasmiy himoyalari
JADVALI

Magistratura ta‘lim bosqichida yakuniy davlat attestatsiyalari magistrlik dissertatsiyalarni himoya qilish asosida o‘tkaziladi. Shunga ko‘ra, tegishli mutaxasissliklar bo‘yicha TDSHU rektori buyrug‘i bilan Davlat attestatsiyasi H‘ayati tashkil etiladi va shu asosda magistrlik dissertatsiyalarning rasmiy himoyalari o‘tkaziladi. Rasmiy himoya o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.03.2015 yildagi  36-son qarori bilan tasdiqlangan “Magistratura to‘g‘risida”gi Nizomning 8-bobida belgilab berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.03.2015 yildagi

36-son qarori bilan tasdiqlangan “Magistratura to‘g‘risida”gi Nizomidan KO‘CHIRMA
VIII. Magistrlik dissertatsiyalarning rasmiy himoyasini o‘tkazish tartibi.

 

  1. Magistrlik dissertatsiyasini rasmiy himoya qilish kuni oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori)ning buyrug‘i bilan tasdiqlangan jadval asosida belgilanadi.
  2. Magistrlik dissertatsiyasining rasmiy himoyasi oliy ta’lim muassasasining Davlat yakuniy attestatsiya komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan o‘tkaziladi.
  3. Magistratura talabasi magistrlik dissertatsiyasining rasmiy himoyasi taqdimot materiallari bilan bayon etilishi va 20 daqiqadan oshmasligi lozim.
  4. Rasmiy himoyada Komissiya a’zolari magistratura talabasini quyidagi mezonlar asosida baholaydi:

magistrlik dissertatsiyasi tadqiqot mavzusining dolzarbligini va uning amaliyot bilan bog‘liqligini ko‘rsatib bera olishi;

magistratura talabasining tadqiqotga va vazifalarni hal etishga mustaqil yondashuvi;

foydalanilgan ilmiy adabiyotlar, ilmiy nashrlar, normativ-huquqiy hujjatlar, statistik ma’lumotlar, shuningdek xorijiy tillardagi adabiyotlar tanqidiy tahlilining to‘liqligi va chuqurligi;

tadqiqot usullari amaliyotda qo‘llanilganligining asoslanganligi;

olingan natijalar asosida ishlab chiqilgan tavsiyalarning amaliy ahamiyati;

magistratura talabasining magistrlik dissertatsiyasi doirasida o‘tkazilgan tadqiqotlar va olingan natijalarni rivojlantirish istiqbollarini ko‘ra bilish qobiliyati;

magistrlik dissertatsiyasining nazariy va amaliy qismlaridagi o‘zaro mantiqiy bog‘liqlikni kuzata bilish malakasi.

  1. “Qoniqarsiz” baho qo‘yilganda yoki magistrlik dissertatsiyasi rasmiy himoyaga qo‘yilmagan taqdirda magistratura talabasi keyingi 3 yil davomida uni qayta himoya qilish huquqiga ega.
  2. Magistrlik dissertatsiyalari rasmiy himoyasi natijalari oliy ta’lim muassasasi Ilmiy kengashida muhokama etiladi.
  3. Himoya qilingan magistrlik dissertatsiyalari oliy ta’lim muassasasida 3 yil davomida saqlanadi.

19.09.2022, 20:26 15034