Mahalla, iqtisodiyot va ta’lim islohotlari: Davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamasida
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Adliya vazirligi hamkorligida Toshkent davlat yuridik universitetida “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari hamda “O‘zbekiston–2030” strategiyasini amalga oshirishga qaratilgan Davlat dasturi loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.



Tadbirda vazirlik va idoralar vakillari, poytaxt oliy ta’lim muassasalari rektorlari, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar ishtirok etdi. Shuningdek, ushbu muhokamada Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori Nodir Karimov ham «Xalqaro akademik hamkorlik masalalari» mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

