Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Mahmud Zamaxshariy ilmiy merosi va uning jahon sivilizatsiyasidagi o‘rni

18.03.2026, 19:26 Yangiliklar 160

2026-yil 18-mart kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Mahmud Zamaxshariy ilmiy merosi va uning jahon sivilizatsiyasidagi o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Mazkur nufuzli ilmiy-amaliy konferesiya mahmudzamaxshariy.uz elektron platformasini yaratish (Mahmud Zamaxshariyning dunyo fondlarida saqlanayotgan qo‘lyozma nusxalarining katalogi hamda ijtimoiy-axloqiy masalalarga oid tanlangan asarlar to‘plamini nashr qilish) amaliy loyihasi doirasida tashkil etildi.

Tadbir davomida so‘zga chiqqan mehmonlar Mahmud Zamaxshariy ilmiy merosining buyuk jahon sivilizatsiyasidagi o‘rni va ahamiyati haqida fikr bildirdilar.

Konferensiya doirasida sho‘ba yig‘ilishlari tashkil etildi. Unda O‘zbekiston, Misr, Jazoir, O‘mon Sultonligi, Tojikiston va boshqa davlatlardan kelgan olimlar, tadqiqotchilar va mutaxassislar ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Mazkur xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya Mahmud Zamaxshariy ilmiy merosini chuqur o‘rganish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.