Maktabdan boshlangan turizm targ‘iboti: Sharqshunoslar Rishton maktablarida
Toshkent davlat sharqshunoslik unversiteti ishchi guruhi tomonidan 2025-yil 20-sentabr Rishton tumanidagi 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabida turizm sohasini keng targ‘ib etish, yosh avlodni milliy qadriyatlar va hududning sayyohlik salohiyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida davra suhbati va viktorina tashkil etildi.
Suhbat davomida “Turizm” kafedrasi mudiri i.f.n., dotsent Ch. Xusanov o‘quvchi-yoshlariga Rishtonning tarixiy va boy madaniy merosi, hunarmandchilik an’analari, sayohlik ob’yektlari va bu sohadagi zamonaviy imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumotlar berib o‘tdi hamda Rishton nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyoda sayyohlar uchun jozibali hududlardan biri ekanligini takidladi.
Shuningdek, o‘quvchilar bilan “Turizm – kelajak kasbi” mavzusida viktorina o‘tkazilib faol o‘quvchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Bitiruvchilarni turizm yo‘nalishiga jalb etish maqsadida targ‘ibot amalga oshirildi.
Bunday loyihalar yoshlarni o‘z yurtiga bo‘lgan muhabbatini mustahkamlash, turizm orqali Vatanni tanitishga hissa qo‘shishga undaydi. Maktabdan boshlangan bunday targ‘ibot ishlari kelgusida mahalliy turizmni yanada rivojlantirishda muhim qadam hisoblanadi.
Sharqshunoslar Rishton tumanidagi ingliz tiliga ixtisoslashgan 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida muhim madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Mazkur maktabga Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Turizm” kafedrasi mudiri i.f.n., dotsent Ch. Xusanov boshchiligida universitet professor – o‘qituvchilari, tadqiqotchilar, magistrantlar va talabalardan iborat ishchi guruh tashrif buyurib, Rishton tumanining turizm salohiyati, ayniqsa hunarmandchilik, tarixiy va madaniy merosi haqida batafsil ma’lumot berishdi.
Tadbir doirasida yoshlarga Rishton kulolchilik san’ati, uning ko‘p asrlik an’analari, shuningdek, mahalliy va xalqaro turistlar uchun qiziqarli joylar haqida ma’ruzalar o‘qildi. Xususan, sharqshunoslar tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, Rishtonning jahon sivilizatsiyasida tutgan o‘rni va salohiyati haqida qiziqarli ma’lumotlar taqdim etildi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – yosh avlodda o‘z yurtiga bo‘lgan faxr tuyg‘usini kuchaytirish, ularda turizm sohasiga qiziqish uyg‘otish va Rishtonni xalqaro maydonda targ‘ib etishga hissa qo‘shishdan iboratdir. Maktabda Gidlar faoliyati asoslari va mijozlar bilan ishlash ko‘nikmalari qisqa o‘quv kursi yo‘lga qo‘yildi.
Shuningdek, o‘quvchilar o‘rtasida “Rishton – hunarmandchilik va turizm markazii” mavzusida viktorina o‘tkazilib, tadbir yakunida faol ishtirok etgan o‘quvchilar esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Ushbu tadbirlar yoshlar o‘rtasida turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish va ularni qiziqishini oshirishga xizmat qiladi.
