Malayziyaning Sabah universiteti va TDSHU o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatildi
2025-yil 28-may kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Malayziyaning Sabah universiteti rektori professor Datuk Kasim Mansor boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik, jumladan, turizm sohasida ta’lim, ilmiy tadqiqot va akademik almashinuv yo‘nalishlari muhokama qilindi hamda uchrashuv yakunida hamkorlik yo‘nalishlarining asosi sifatida o‘zaro kelishuv (Letter of Intent) imzolandi.





