Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Mamlakat iqtisodiy xavfsizligi va raqobatbardoshligini ta’minlash: imkoniyatlar va tahdidlar” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman

27.10.2019, 12:37 Yangiliklar 2346

26-oktabr kuni ToshDSHI “XMI va siyosat” fakultetida P3-20170928187 “Mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini va raqobatbardoshligini ta’minlash mexanizmini takomillashtirish yo’llari” granti doirasida ilmiy-amaliy anjuman bo’lib o’tdi. Anjumanni ToshDSHI ilmiy va innovatsiya ishlari bo’yicha prorektori Nodir Abdulhayevich Abdullayev kirish so’zi bilan ochib berdi. Ishtirokchilarga tabrik so’zi bilan O’zR Innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o’rinbosari Sharof Rahimberdiyevich Rajabboyev chiqish qildi.

Keyin esa quyidagi mavzularda mazmunli ma’ruzalar qilindi:

  • Iminov Odil Karimovich – O’zR OM Senati byudjet va iqtisodiy islohotlar qo’mitasi raisi o’rinbosari, “O’zbekistonda iqtisodiy xavfsizlik va raqobatbardoshlikni ta’minlash borasidagi imkoniyatlar”;
  • Karimov Bobur Hasanovich – O’zR Monopoliyaga qarshi kurash qo’mitasi raisining birinchi o’rinbosari, “Raqobatbardosh iqtisodiyotni rivojlantirish: jahon tajribasi va undan O’zbekistonda foydalanish imkoniyatlari”;
  • Adizov Akrom Jumaboyevich – “O’zdonmahsulot” AJ Strategik rejalashtirish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig’i, “O’zdonmahsulot aksiyadorlik jamiyatining mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashdagi o’rni”;
  • Jo’rayev Sayfitdin Ahmatovich – ToshDSHI “Jahon siyosati va xalqaro munosabatlar” kafedrasi professori, “Iqtisodiy xavfsizlik va raqobatbardoshlikka ta’sir etuvchi siyosiy omillar”;
  • Alimov Akrom Mahmudovich – O’zbekiston tadbirkorlari va fermerlarini qo’llab-quvvatlash markazi rahbari, “O’zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy hamkorligiga a’zo bo’lish muammolari, imkoniyatlar va istiqbollari”.

Anjumanning asosiy qismidan so’ng moderator, ilmiy grant rahbari, professor T.S.Rasulov  ilmiy anjuman qatnashchilari bergan savollarni jamlab, mavzular bo’yicha guruhlar ajratilib, ma’ruzachilarga taqsimlandi.

photo_2019-10-28_12-36-49 photo_2019-10-28_12-36-48 photo_2019-10-28_12-36-45