Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Masofaviy tadbir o‘tkazildi

01.07.2021, 13:46 Yangiliklar 1651

2021-yil 30-iyun kuni Indoneziya Respublikasi Ta’lim, madaniyat, tadqiqot va texnologiya vazirligi Tilni rivojlantirish boshqarmasi tomonidan “Mas Menteri Ngobrol dengan Pengajar BIPA” (Vazir BIPA o‘qituvchilari bilan suhbatlashadi) mavzusida masofaviy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Indoneziya Respublikasi Ta’lim, madaniyat, tadqiqot va texnologiya vaziri Nadiem Anwar Makarim, vazirlik huzuridagi Tilni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i E. Aminuddin Aziz, Osiyo, Yevropa, Afrika, Shimoliy Amerika va Avstraliya qit’alarining har biridan BIPA o‘qituvchilarining vakili sifatida tanlangan pedagoglar so‘zga chiqdi va o‘zlarining indonez tilini o‘qitish davomidagi tajribalari hamda hozirda mavjud bo‘lgan muammolar hususida vazir bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri fikr almashdilar.

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo tillari” kafedrasi o‘qituvchisi Samigov Boburjon Asrarjonovich ushbu tadbir boshlovchisi sifatida rasman taklif etildi hamda O‘zbekiston nomidan ishtirok etdi.

500 ishtirokchi va tinglovchilarni qamrab olgan ushbu tadbir so‘ngida vazir N.A.Makarim “tadbirni tashkil etganlarga alohida tabrigimni yo‘llayman. Tadbir konsepsiyasi juda zo‘r va meni ilhomlantirdi” deya fikr bildirdi.

Ma’lumot sifatida, BIPA – bu Chet ellik indonez tilida suhbatlashuvchilar dasturi.