Memorandum imzolandi.
2020-yil 2-dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Qozog‘iston Respublikasining R.B.Suleymenov nomidagi Sharqshunoslik instituti o‘rtasida Anglashuv Memorandumi imzolandi.
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rahbariyati R.B.Suleymenov nomidagi sharqshunoslik instituti direktori, professor Duken Masimxanuli hamda institut jamoasiga muvaffaqiyatlar tilab, kelgusida muassasalar o‘rtasidagi ilmiy-tadqiqot hamkorligining rivojlanishiga umid bildiradi.