Milliy tadqiqot universiteti IO maktabining Sankt-Peterburgdagi filiali direktori Tyshetskaya Anna Yuryevna boshchiligidagi delegatsiya TDSHU da
![](https://tsuos.uz/wp-content/uploads/2022/04/IMG_3054-1024x683.jpg)
2022-yil 21-aprel kuni Milliy tadqiqot universiteti Iqtisodiyot Oliy maktabining Sankt-Peterburgdagi filiali direktori Tyshetskaya Anna Yuryevna boshchiligidagi delegatsiya Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga tashrif buyurdi.
Uchrashuvda TDSHU va Milliy tadqiqot universiteti Iqtisodiyot Oliy maktabining Sankt-Peterburgdagi filiali o‘rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Natijada uchrashuv so‘ngida hamkorlikning aniq yo‘nalishlari belgilanib, Аnglashuv memorandumini imzolashga kelishib olindi.