Minzu universitetida o‘zbek tili va madaniyatiga bag‘ishlangan ilmiy uchrashuv
2025-yil 9-may kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining “Xitoyshunoslik” oliy maktabi boshlig‘i PhD., dots. F.Xasanovaning Minzu universitetida tashkil etilgan “TDShU o‘zbek tili markazi”da “Chet elliklarga o‘zbek tilini o‘qitish masalalari” mavzusida ilmiy-nazariy ma’ruzasi o‘tkazildi.
Uchrashuv yakunida Minzu universiteti tomonidan Pekin nashriyotida xitoy tilida chop etilgan “O‘zbek va xitoy xalq ertaklari, afsona va rivoyatlari” kitoblari TDSHU Axborot-resurs markazi uchun taqdim etildi.

