“My.gov.uz hayotiy vaziyatlar uchun” loyihasi doirasida mutaxassislar ishtirokida seminar-trening o’tkazildi
16-mart kuni Toshkent davlat sharqshunoslik univetsitetida yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan (My.gov.uz) samarali foydalanish yuzasidan universitet talabalari hamda professor-o‘qituvchilari uchun “My.gov.uz hayotiy vaziyatlar uchun” loyihasi doirasida mutaxassislar ishtirokida seminar-trening o’tkazildi.
Seminar davomida ishtirokchilarga portalning yangilangan versiyasi yuzasidan tushunchalar, uning imkoniyatlari va qulayliklari, xizmatlardan foydalanish bo’yicha yo’riqnomalar bilan tanishtirib o’tildi.