“Odamlar va davlatlarni birlashtira oladigan kuch” mavzusidagi tadbir
2020-yilning 5-fevral kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi va O‘zbekistondagi yapon tili o‘qituvchilari Assotsiatsiyasi ko‘magida tashkil etilgan “Odamlar va davlatlarni birlashtira oladigan kuch” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yoshinori Fudjiyama ishtirok etdi. Tadbir mavzusi bo‘yicha ma’ruza bilan Tokio chet tillari universiteti doktoranturasi bitiruvchisi, PhD Tuxtamirzayeva Mashkuraxon so‘zga chiqdi.