Ogohlik davr talabi, yoshlar bugungi va ertangi kunimiz poydevori
Mamlakatimiz mustaqilligining 25-yilligi munosabati bilan 2016-yil 29-aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida talaba-yoshlar ishtirokida “Ogohlik davr talabi, yoshlar bugungi va ertangi kunimiz poydevori” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda TDShI Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Sh.Aripov, O‘zbekiston liberal demokratik partiyasi Mirobod tuman Kengashi raisi R.Fozilov, Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi mas’ul xodimi S.Zaynutdinovlar qatnashdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar bugun mamlakatda sog‘lom avlodni tarbiyalashga qaratilayotgan doimiy e’tibor, yoshlarga oid davlat siyosati, ayniqsa, yoshlarni mamlakatda hukm surayotgan tinchlik va barqarorlikning qadriga yetish maqsadida olib borilayotgan islohotlar, mamlakatimizda har jihatdan barkamol avlodni kamol topishga yaratilayotgan shart-sharoitlar hususida to‘xtalib o‘tdilar. Tadbir so‘nggida talaba-yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan asrashga qaratilgan “Qiyomatga qolgan qarz” hujjatli qilmi namoyish etildi. Tadbir barchada katta taassurot qoldirdi.
29.04.2016
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi
Sh.Jo‘rayev