“OIV infeksiyasini oldini olish” mavzusida o‘tkazilgan davra-suhbati
2017-yil 13-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida talaba-yoshlarni OIV infeksiyasini oldini olishga oid bilimlarini oshirish bo‘yicha Respublika OITSga qarshi kurashish markazi mutaxassisi Xoshimova Sevara ishtirokida davra-suhbati o‘tkazildi. Tadbirda “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik” va “Jahon siyosati, tarix va falsafa” fakultetlarining 12 nafar professor-o‘qituvchilari, 102 nafar talabalari qatnashdi.
Ma’ruzachi S.Xoshimova kun tartibdagi masala bo‘yicha so‘zga chiqib, qatnashchilarga hozirda mamlakatimizda OIV infeksiyasini oldini olishga oid jahonda va respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar va amaldagi normativ xujjatlar bo‘yicha to‘xtalib o‘tdi. Hozirgi kunda OIV infeksiyasining yuqishi yo‘llari, yuqishini oldini olish, kasallanish holati, epidemiologiyasi, diagnostikasi va profilaktikasi bo‘yicha ma’ruza taqdimot ko‘rinishida o‘tkazildi.
Ma’ruzadan so‘ng talabalarning qiziqtirgan savollarga javob berildi.