Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Xalqaro ilmiy hamkorlik yo’lida

2024-yilning 3-7-noyabr kunlarida Shimoliy Kipr Respublikasida “Xalqaro ta’limiy bilimlar forumi” o‘tkazildi. Forumda Toshkent davlat sharqshunoslik universitetidan tarix fanlari doktori, professor Doniyorov Alisher Xudayberdiyevich ham forumning tashkiliy qo‘mita a’zosi sifatida ishtirok etdi.

4-noyabr sanasida professor Alisher Doniyorov forumda o‘zining “Xorijda Turkologiya masalalari” mavzusidagi dolzarb ilmiy ma’ruzasi bilan ishtirok etdi hamda forum yalpi majlisini moderator sifatida boshqarib, forum ishtirokchilarining ham yuksak e’tiroflariga sazovor bo‘ldi.

Mazkur xalqaro forumda professor Alisher Doniyorovning faol ishtiroki nafaqat ilmiy hamjamiyat bilan tajriba almashish, balki barqaror rivojlanish yo‘lida hamkorlik maqsadini ro‘yobga chiqarishga xizmat qildi. Uchrashuv davomida xalqaro akademik hamkorlikning mustahkamlanishi, turkologiya sohasida ilg‘or tajribalar almashinuvi va ilmiy tarmoqning kengayishi orqali universitetlararo hamkorlikning rivojlanishiga zamin yaratildi. Bu esa global hamkorlikni mustahkamlash va barqaror taraqqiyotga erishish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

02.07.2025, 15:50 283