“O‘zbek sharqshunosligi: buguni va ertasi” mavzusidagi an’anaviy yillik ilmiy konferensiyasi
4-yanvar kuni ToshDSHI Sharq filologiyasi fakulteti professor-o‘qituvchilarining “O‘zbek sharqshunosligi: buguni va ertasi” mavzusidagi an’anaviy yillik ilmiy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.Mazkur anjumanda ko’rib chiqilgan masalalar “Hozirgi zamon sharq tillari”, “Sharq xalqlari adabiyoti”, “Mumtoz filologiya” va “Tarjima nazariyasi va chet tillarini o‘qitish metodikasi” singari to‘rtta kengashlarda tashkil etildi. Ilmiy yig‘inda fakultetning yuzga yaqin professor-o‘qituvchilari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.