“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi keng muhokamalardan o‘tkazilayotganligi munosabati bilan BMTnng O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida “Taraqqiyot strategiyasi markazi” tomonidan xalqaro davra suhbati tashkil etildi
2023- yil 11- avgust kuni “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi keng muhokamalardan o‘tkazilayotganligi munosabati bilan BMTnng O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida “Taraqqiyot strategiyasi markazi” tomonidan xalqaro davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur davra suhbatida O‘zbekistonda BMTning 17 Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, xususan, mamlakatda kambag‘allikni qisqartirish, ochlikka barham berish, sog‘liq saqlash va farovonlikni ta’minlash, sifatli ta’limni yo‘lga qo‘yish, barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish orqali aholi farovonligini ta’minlash, gender tengligiga erishish, toza suv va sanitariya masalalari hamda barqaror taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik masalalari xorijlik ekspertlar bilan birgalikda atroflicha muhokama qilindi. Mazkur tadbirda xalqaro tashkilot rahbarlari, BMTning maxsus vakillari bilan birgalikda maxsus taklif bilan TDSHU rektori G.Rixsiyeva hamda Xalqaro reytinglar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i N.Imamovalar ham qatnashdilar.