O’zbekiston davlati tarixi muzeyiga tashrif
![](https://tsuos.uz/wp-content/uploads/2019/10/photo_2019-10-28_16-36-07-1024x768.jpg)
15-oktabr kuni ToshDSHI Xorijiy Sharq mamlakatlari adabiyoti kafedrasi mudiri, f.f.d. D.Muhiddinova, kafedra o’qituvchilari f.f.d. O.Turdiyeva va katta o’qituvchi N.Saidova, Adabiyotshunoslik mutaxassisligi 1-kurs magistratura talabalari, kafedra to’garagi a’zolari O’zbekiston davlat tarixi muzeyiga tashrif buyurishdi. U yerga tashrif buyurishdan maqsad davlatimiz tarixi bilan yaqindan tanishish, yoshlarimizga tarixni yana bir bor eslatish orqali ularda vatanparvarlik tuyg’ularini uyg’otishdir.