O‘zbekiston-Koreya iqtisodiy-siyosiy munosabatlarining yangi bosqichi
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti koreyashunoslik fakulteti koreya iqtisodiyoti va siyosati kafedrasi tomonidan 2019-yil 13-aprel kuni “O‘zbekiston-Koreya iqtisodiy-siyosiy munosabatlarining yangi bosqichi” mavzusidagi talabalar an’anaviy yillik anjumani o‘tkazildi. Ushbu anjumanda 8 nafar jahon siyosati yo‘nalishi talabalari hamda 2 nafar xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik yo‘nalishi talabalari ishtirok etdilar. Anjuman davomida barcha talabalar o‘z ilmiy maqolalarini taqdimot usulida yoritib berdilar.
Anjumanda quyidagi talabalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar:
1 o‘rin – Abdullayeva Xolida (Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik, 3 kurs)
2 o‘rin – Abdusamatov Jahongir (Jahon siyosati, 4 kurs)
3 o‘rin – Axatov Narimon (Jahon siyosati, 4 kurs)
Faol ishtirokchi – Rasulov Sardor (Jahon siyosati, 4 kurs)
Faol ishtirokchi – Iskandarbekov Abduhalil (Jahon siyosati, 4 kurs)
Anjuman so‘ngida barcha professor-o‘qituvchilar talabalar ilmiy maqolalariga o‘z fikrlarini bildirdilar hamda g‘olib bo‘lgan talabalar uchun fakultet bosqichiga yo‘llanma berdilar.
Koreya iqtisodiyoti va siyosati kafedrasi