O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari Svetlana Baymirzayevna bilan ochiq muloqot
2- aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professor-o‘qituvchilari va talaba-qizlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari Ortiqova Svetlana Baymirzayevnaning ochiq muloqoti boʻlib oʻtdi. Ochiq muloqot «Xotin-qizlar faolligi – jamiyat rivojining muhim omili» mavzusiga bagʻishlandi. Muloqot davomida jamiyat rivojida xotin-qizlarning oʻrni bilan bogʻliq fikrlar notiqning oʻzi bosib oʻtgan hayot yoʻli misolida tushinarli tarzda talaba-qizlarga yetkazildi. Uchrashuv nihoyatda samimiy va motivasion ruhda oʻtdi. Universitet talaba-qizlari oʻzlarini qiziqtirgan qator savollarga javoblar oldilar. Suhbat yakunida TDSHU jamoasi bilan buning singari ochiq muloqotlarni tez-tez oʻtkazib borishga kelishib olindi.