O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning Oliy Majlis palatalariga yo‘llagan Murojaatnomasini o‘rganish bo‘yicha “Navqiron avlod kamolati” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi
31-yanvar kuni ToshDSHI Sharq filologiyasi fakulteti professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning Oliy Majlis palatalariga yo‘llagan Murojaatnomasini o‘rganish bo‘yicha “Navqiron avlod kamoloti” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institutning “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri prof. U.Yu.Idirov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Turk madaniyat Markazi rahbari o‘rinbosari Dj.K.Shabanov, Sharq filologiyasi fakulteti dekani prof. Q.Sh.Omonov, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Tadbir davomida Prezident Murojaatnomasidan lavhalar namoyish etildi.