Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida ilgari surilgan g‘oyalarni jamiyatimiz hayotiga chuqur tadbiq etishda barchamiz birdek mas’ul bo‘laylik” mavzusida yig‘ilish

30.01.2020, 12:05 Yangiliklar 1435

ToshDSHI Talabalar turar joyida Sharq filologiyasi fakulteti institut “Axborot guruhi” bilan hamkorlikda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida ilgari surilgan g‘oyalarni jamiyatimiz hayotiga chuqur tadbiq etishda barchamiz birdek mas’ul bo‘laylik” mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi. Tadbirni fakultet dekani ochib, Prezidentimiz murojaatnomasi Vatanimiz istiqbolini, uning taraqqiyotini belgilovchi muhim dasturulamal ekanligi, bu hujjat nainki bir yil, balki Vatanimizning ko‘p yillik taraqqiyotini oldindan belgilab bergani bilan ahamiyatliligi, unda jamiyat hayotining barcha jabhalari keng va atroflicha, mukammal qamrab olingani, hayotimizdagi hech bir muammo, dolzarb masala davlatimiz rahbarining nazaridan chetda qolmagani, yoshlarning zamonaviy bilimlarni egallashlari uchun zarur barcha sharoit va imkoniyatlarni, qulaylik va imtiyozlarni yaratish borasidagi fikr-mulohazalari bilan bo’lishdi. “Axborot guruhi” rahbari prof. U.Yu.Idirov o‘z so‘zida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi ulkan tarixiy voqea bo‘lganligi, buni Prezidentimizning butun mamlakatga, xalqimizga Murojaati deb ham atash mumkinligi, Davlatimiz rahbari nutqlarini barcha katta hayajon va mas’uliyat bilan tinglaganligini, undan to‘lqinlanmagan, hayajonlanmagan hamyurtlarimizning o‘zi bo‘lmasa kerakligi haqida gapirib, Murojaatnomadagi asosiy fikrlarni talabalarga batafsil tushintirib berdi.Yig‘ilish so‘ngida talabalar tomonidan berilgan savollarga to‘liq javob berildi.