Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

O’zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov TIV Hay’at yig’ilishini o’tkazdi

27.06.2022, 18:35 Yangiliklar 1419

O’zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov TIV Hay’at yig’ilishini o’tkazdi. Tadbirda vazir o’rinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlik boshqarmalari boshliqlari, chet eldagi vakolatxonalar hamda TIV tasarrufidagi muassasalar rahbarlari ishtiroki etdi.

photo_2022-06-27_18-31-53

Majlisga, shuningdek, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti rektorlari taklif etildi.

Hay’at kun tartibiga muvofiq TIV tizimining kadrlar salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.

photo_2022-06-27_18-32-08

Vazirlik tizimida personalni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish, xodimlarning malakasini zamonaviy talablarni hisobga olgan holda oshirish, yosh mutaxassislarni jalb etish, diplomatik kadrlarni “TIV markaziy apparati – chet eldagi diplomatik faoliyat – akademik faoliyat” tamoyili asosida almashinuvi tizimini joriy etish, TIV ehtiyojlaridan, tashqi siyosat va iqtisodiy diplomatiya sohasidagi dolzarb vazifalardan kelib chiqqan holda tarmoq o’quv yurtlarining o’quv dasturlarini yangilash, O’zbekiston OTMlari bilan o’zaro hamkorlik to’g’risida “Yo’l xaritalarini” ishlab chiqish va amalga oshirish yuzasidan takliflar muhokama qilindi.

O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida “Yosh diplomatlar klubi” ni tashkil etish rejasi e’lon qilindi.

 

photo_2022-06-27_18-31-59

Yig’ilishda Tashqi ishlar vazirligi va chet eldagi vakolatxonalarning iqtisodiy diplomatiya sohasidagi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Bu borada idoralararo samarali hamkorlikni ta’minlash, xorijiy davlatlar va xalqaro institutlar bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy-texnik hamkorlikni jadallashtirish, O’zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalar va texnologiyalarni jalb etish bo’yicha ishlarni kuchaytirish, tashqi iqtisodiy sohada qabul qilingan qarorlar va erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish ustidan qat’iy nazorat qilish muhimligi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.

Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o’rinbosari Alisherbek Paygamov ishtirok etdi.