Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

O‘zbekiston Respublikasi yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida

19.10.2016, 12:17 Yangiliklar 5709

2016-yil 19-oktabr TDSHI Madaniyat saroyida “O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonunni mamlakatimiz yoshlari manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning huquqiy kafolati” mavzusida institut miqyosida ilmiy-amaliy va ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Sh.Aripov, “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi mudiri U.Idirov, “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi katta o‘qituvchisi N.Saydaliyev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sohibasi, Xitoyshunoslik fakulteti 2-bosqich magistranti B.Do‘smatovalar ma’ruza qildilar. Tadbir davomida mavzu doirasidan kelib chiqqan holda bugungi kun yoshlari uchun mamlakatimizda yaratilgan keng imkoniyatlar, erishilayotgan yuksak marralar xususida to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, talaba-yoshlarga “Yoshlarga oid davlat siyosati Qonuni”ning mazmun-mohiyati hamda mamlakatimiz yoshlarining ijtimoiy hayotida Qonunning tutgan o‘rni to‘g‘risida gapirildi. Tadbir so‘nggida talabar ma’ruzachilarga o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilib kerakli javob oldilar. Tadbir qizg‘in va sermazmun bo‘lib barchada katta taassurot qoldirdi.

 

TDSHI Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi