Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“O‘zbekiston-Rossiya: zamonaviy bosqichda Koreyashunoslikning rivojlanishi”

11.12.2021, 22:40 Yangiliklar 2757

2021-yil 11-dekabr kuni Novosibirsk davlat universiteti Gumanitar instituti (Rossiya) hamda Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining Koreys filologiyasi kafedrasi (O‘zbekiston) tomonidan hamkorlikda tashkillashtirilgan “O‘zbekiston-Rossiya: hozirgi bosqichda koreyashunoslikning rivojlanishi” mavzusida 1-ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda quyidagi ma’ruzachilar so‘zga chiqdilar: Novosibirsk davlat universiteti Gumanitar instituti Sharqshunoslik kafedrasi mudiri, tarix fanlari doktori, professor Ye.E.Voytishek, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Koreys filologiyasi kafedrasi professor N.D.Kim.

5

Seminar dasturida koreyashunoslik, koreys tilshunosligi va tarixini rivojlantirishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglandi. Xususan, “NDU GIning Sharqshunoslik kafedrasi: rivojlanish tarixi va istiqbollari” (tarix fanlari doktori, professor Ye.E.Voytishek, tarix fanlari nomzodi, dotsent A.S.Shmakova), “Arxeologik ma’lumotlar asosida boxayning Shimoliy va Janubiy Koreyada o‘rganilishi (V. V. Axmetov), “Koreys tilidagi undoshlarning qarama-qarshiligi muammosi” (A. S. Shamrin), “NDUda o‘qitish misolida masofaviy ta’lim to‘g‘risida” (Kim Geun Mi).

2

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining Koreys filologiyasi kafedrasi tomonidan “O‘zbekistonda koreys tili: lingvistik tadqiqotlarga umumiy nuqtai nazar” (filologiya fanlari doktori, professor N.D.Kim), “Koreys tilidagi semantik jihatdan farqlanish masalasiga doir” (PhD. G.D.Yunusova), “Koreys tilidagi antonimiya” (f.f.n., dotsent T.S.Kim).

6

3

Seminar mazmunan boy va qiziqarli o‘tib, koreyashunoslik bo‘yicha hamkorlik va tadqiqot natijalarini almashish uchun ayni muddao bo‘ldi. Onlayn ma’ruzalarda har ikki universitetning talabalari, magistrantlari, izlanuvchilari va professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

Universitet haqida qisqacha ma’lumot:

Novosibirsk davlat universiteti Rossiyadagi yetakchi milliy tadqiqot universitetlaridan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, NDU QS World University Rankings, The World University Rankings, Top 100 universities with the best student-to-staff ratios, The Academic Ranking of World Universities-European Standard ARES-2020, Webometrics, The Times Higher Education World Reputation Rankings, QS University Rankings: by Subject (Linguistics), The Times Higher Education World Reputation Rankings, SCImago Institution Rankings, QS Graduate Employability Rankings va boshqalarda yuqori xalqaro reytingga ega.

Universitet “Priority-2030” loyihasining ishtirokchilaridan biri hisoblanadi. 2016-yil 25-martda uchta mustaqil bo‘linma: Gumanitar fanlar fakulteti, Jurnalistika fakulteti va Chet tillar fakultetining qayta birlashishi natijasida Gumanitar institutning ilmiy-ta’lim bo‘limi tashkil etilib, uning tarkibida sharqshunoslik kafedrasi faoliyat olib borishni boshladi. Gumanitar instituti, NDUning boshqa fakultet va institutlari singari, o‘z faoliyatini Rossiya Fanlar akademiyasining Sibir bo‘limi bilan yaqin hamkorlikda ish olib bormoqda. Gumanitar institutning eng muhim hamkorlari Arxeologiya va etnografiya instituti, Tarix instituti, Filologiya instituti, shuningdek, Davlat ilmiy-texnika jamoat kutubxonasi hisoblanadi. Institut Xitoy, Yaponiya, Shimoliy va Janubiy Koreya, Germaniya, Avstriya, Ispaniya, Fransiya, Kanada, Turkiya, AQSh universitetlari bilan faol hamkorlik qiladi.

Novosibirsk davlat universitetida sharqshunoslik kafedrasi 1999 yilda ochildi. 22 yillik faoliyat davomida kafedra shtatlari 40 nafarga ko‘paygan. Ish uchta til yo‘nalishida – xitoy, koreys va yapon tillarida olib borilmoqda, ular doirasida ikkita profil – tarix va filologiya yo‘nalishlari joriy etilgan bo‘lib, bu NDU talabalarining jahon mehnat bozorida yuqori reytingini ta’minlaydi.

TDSHU Matbuot xizmati