Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

O‘ZBEKISTON ShARQShUNOSLARI QOZOG‘ISTONDA

21.02.2020, 15:35 Yangiliklar 5377

Shu yilning 18-20 fevral kunlari Toshkent davlat sharqshunoslik institutining professorlari – Q.Sh.Omonov va Q.P.Sodiqov Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti rahbariyati taklifi bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida mazkur OTM da ish safarida bo‘lib qaytishdi.Mazkur universitet Qozog‘istonning yetakchi, top universitetlaridan biri sanaladi. Jahon universitetlari reytingida birinchi besh yuztalikning 480- o‘rnida qayd etilgan. Universitetda 35 ming nafar talaba tahsil oladi.Hozirgi kunda universitet o‘zining kelajak rivojlanish konsepsiyasini ishlab chiqqan. Unga ko‘ra ta’limni xalqarolashtirish masalasiga alohida urg‘u qaratilgan. Bundan tashqari yangi ta’lim yo‘nalishlarini ochish va rivojlantirishga ham e’tibor qaratilgan. Shu nuqtai nazardan, kelajakda turkologiya sohasini rivojlantirish ham universitet konsepsiyasida hisobga olingan. Bu borada Janubiy Qozog‘iston universiteti, asosan, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti bilan hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda. Universitet rahbariyati ToshDShI professorlarining tashrifini ana shu hamkorlik yo‘lidagi birinchi qadam sifatida baholashdi.Safar chog‘ida Q.Sh.Omonov va Q.P.Sodiqov Janubiy Qozog‘iston universiteti professor-o‘qituvchilari, doktorantlari, ilmiy izlanuvchilari va magistrlariga qadimgi turkiy til va uning yozma yodgorliklari, qo‘lyozmalarni o‘qish bo‘yicha mahorat darslari, seminar-treninglar o‘tkazib berishdi.Bundan tashqari universitetning birinchi prorektori Kayrat Nurmanbetov, Filologiya fakulteti dekani, professor Bolatbek Tleuberdiev va Qozoq tili va adabiyoti kafedrasi mudiri Nurlibek Omarov  bilan o‘zaro hamkorlik masalalarida suhbatlar o‘tkazildi. Natijada, o‘quv va ilmiy sohalarda hamkorlik qilish, xususan, Janubiy Qozog‘iston universitetining uch doktorantiga Toshkent davlat sharqshunoslik instituti professorlaridan ikkinchi ilmiy rahbar sifatida taynlash masalasiga kelishib olindi. Shuningdek, universitet rahbariyati o‘z ilmiy izlanuvchilarining turkologiya yo‘nalishida tayyorlayotgan tadqiqotlarini ToshDShI qoshidagi Ilmiy kengashda himoya qilishidan manfaatdor ekanliklarini ham ta’kidlashdi.<p class=”aligncenter”>Universitet rahbariyati va professor-o‘qituvchilari turkologiya va qadimgi yozma yodgorliklar tadqiqi bo‘yicha Toshkent davlat sharqshunoslik instituti mintaqada yetakchi ekanligini, o‘z mutaxassislari hamda tadqiqotchilarini institutga malaka oshiriga yuborishlarini va bu boradagi hamkorlik kelgusida yaxshi natija berishini qayd etishdi.

photo_2020-02-21_17-44-42-1024x767 photo_2020-02-21_17-44-25-1024x768