“O’zbekiston tarixi” telekanalida t.f.d., professor M.Is’hoqovning ochiq darsi
15-oktabr kuni “O‘zbekiston tarixi” telekanalida ToshDSHI Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va manbashunosligi kafedrasi professori, t.f.d. Mirsodiq Mirsultonovich Is’hoqov domlaning “Markaziy Osiyoda turk-so‘g‘d etnomadaniy qatlamining tashkil topishi va unda o‘troqlashish jarayonining jadal kechishi” mavzusida ochiq darsi suratga olindi. Ilk o‘rta asrlar yurtimiz tarixining muhim jihatlarini tarixiy manbalar asosida yoritib berish maqsadida suratga olingan dars “master klass” sifatida yosh o‘qituvchilar uchun video qo‘llanma vazifasini bajaradi.