O‘zbekiston va Yaponiya madaniy aloqalari bo‘yicha Xalqaro ilmiy konferensiya
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 martdagi 178-F-sonli Farmoyishi bilan tasdiqlangan rejaga muvofiq Toshkent davlat sharqshunoslik institutida 2018 yilning 16-17 mart kunlari “O‘zbekiston va Yaponiya madaniy aloqalarining dolzarb masalalari: til, tarjima va adabiy jarayonlar” mavzusida Xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi. Anjumanda respublikamiz soha vakillari bilan bir qatorda 20 ga yaqin xorijlik olimlar ishtirok etadilar. Mazkur anjuman Sukuba universiteti bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.
Anjumanning ochilishi 2018 yil 16 mart kuni soat 9.30 da TDSHI madaniyat saroyida boshlanadi.
PRESS-RELIZ
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-martdagi №178-sonli Farmoyishiga binoan 2018-yil 16-17-mart kunlari Toshkent davlat sharqshunoslik instituti hamda Yaponiyaning Sukuba universiteti hamkorligida “O‘ZBEKISTON VA YAPONIYA MADANIY ALOQALARINING DOLZARB MASALALARI: TIL, TARJIMA VA ADABIY JARAYONLAR mavzuidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazilmoqda.
Anjuman doirasida O‘zbekiston hamda Yaponiyaning yetakchi Oliy o‘quv yurtlari professorlari rahbarligida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari va tajriba almashinuvi keng yoritiladi.
Ushbu anjuman o‘ziga xos ilmiy axborot almashinuvi maydonini tashkil etib O‘zbekistonning xalqaro ilmiy muhitga bo‘lgan integratsiyasini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
Anjumanning maqsadi O‘zbekiston va Yaponiya madaniy aloqalarining dolzarb masalalari, xususan, filologiya, tarjimashunoslik bo‘yicha mavjud muammolar yuzasidan ilmiy-amaliy fikr almashish, xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, birgalikda amalga oshiriladigan ilmiy loyihalarni muhokama qilish, yosh tarjimashunoslar va tarjimonlarni ushbu jarayonlarga keng jalb etishga erishishdan iborat bo‘lib, u orqali quyidagi vazifalarni bajarish belgilangan:
- Badiiy tarjima va tarjimashunoslik masalalari bilan shug‘ullanadigan Yaponiya oliy o‘quv yurtlari bilan o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish;
- Tarjimashunoslikning dolzarb muammolari ustida ish olib borayotgan yosh olimlarning iqtidorini yetuk tarjimonlar va tarjimashunos olimlar nazaridan o‘tkazish, yoshlarning xalqaro anjumanlarda o‘zlarini namoyon etishlariga imkon yaratish;
- Halqaro miqyosida tarjima mutaxassislari bilan tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish
- Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi xalqaro ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish
- Yosh olimlarning malakasini oshirish
- Til va adabiyot bo‘yicha dolzarb masalalariga oid hamkorlikda amalga oshiriladigan ilmiy mavzular aniqlab, xalqaro miqyosdagi yangi ilmiy loyihalar bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
- Yaponiya fan va ta’lim tizimidagi ilg‘or tajribalar, innovatsiyalar bo‘yicha yangi ma’lumotlarga ega bo‘
Anjumanda Yaponiyaning Sukuba universiteti, Nagoya universiteti, Kozog‘iston Milliy universiteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston-Yaponiya markazi va boshqa tashkilotlarning
40 ga yaqin professor-o‘qituvchilarining qatnashishlari rejalashtirilgan.
Anjuman doirasida asosiy ma’ruzalar qismi va 8ta tematik bo‘limlarga bo‘linib ma’ruza taqdimoti rejalashtirilgan. Bular:
- Til va tarjima;
- Tarjima, adaptatsiya va madaniy yodgorlik;
- Yaponiya va tarjima
- Adabiyot va tarjima
5.Tarjima qilinadigan so‘zlar
6.Multikulturalizm va tarjima
- Madaniyat, tarjima, ta’lim
8.Tarjima va amaliyot bo‘limlaridir.
Markaziy Osiyoda va xususan O‘zbekistonda yaponshunoslik sohasining ilmiy asosini yaratish va ilmiy kadrlarni tayyorlash maqsadida 2005 yilda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Yaponiyaning Sukuba universiteti bilan “o‘zaro ilmiy va talabalar almashinuvi” haqida kelishuv imzolangan.
Ushbu kelishuv asosida 2006 yilda ToshDShIda “Sukuba universitetining Markaziy Osiyo ilmiy tadqiqot markazi ” tashkil etilgan.
Hamkorlik doirasida 10dan ortiq xalqaro-ilmiy anjumanlar, talabalar anjumanlari, seminarlar va Sukuba universiteti professorlari ishtirokidagi ochiq ma’ruzalar o‘tkazildi.
ToshDShI va Sukuba universiteti bilan har yili talabalar va tadqiqotchilar almashinuvi amalga oshiriladi. 13 yil hamkorligimiz doirasida Sukuba universitetida 50 yaqin talabalarimiz tahsil olib qaytdilar. Bundan tashqari Sukuba universitetidan ham xar yili talabalar kelib taxsil oladilar.
Sukuba universiteti bilan hamkorlikda «Kultura i obщestvo v sovremennoy Yaponii», «Istoriya yaponskoy kulturi» nomli kitoblar va xalqaro ilmiy anjuman to‘plamlari chop etildi.
Shuni ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-son Qarorini amalga oshirish uchun, 2018 yil mart oyida Yaponiyaning Xalqaro Jamg‘armasining “Taklif qilingan professor” programmasi bo‘yicha Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga Sukuba universitetining professori Xiraishi Noriko tarjimashunoslik bo‘yicha ochiq ma’ruzalar o‘qish uchun tashrif buyurgan.