O’zbekiston xalq shoiri Usmon Azim bilan uchrashuv
2018-yilning 27-sentabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Sharq filologiyasi fakultetining 80 nafardan ortiq talabalari fakultet dotsenti J.Shabanov boshchiligida O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasida O’zbekiston xalq shoiri Usmon Azim bilan uchrashuvda ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida shoir U.Azim o’z ijodiy faoliyati, zamonaviy o’zbek she’riyati, mamlakatimizda yozuvchilar, shoirlar va umuman ijod ahli uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida gapirib o’tdi.
Uchrashuv davomida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan shoirga murojaat qilish imkoniyatiga ega bo’lishdi va uchrashuv talabalarda katta taassurot qoldirdi.