O‘zbekiston-Xitoy Ilmiy tadqiqot markazi tashabbusi bilan “O‘zbekiston Xitoyshunoslari” uyushmasining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2025-yil 28-mart kuni TDSHUda O‘zbekiston-Xitoy ilmiy-tadqiqot markazi qoshida tashkil etilgan “O‘zbekiston Xitoyshunoslari” uyushmasining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyeva, O‘zbekistonda SHHT Xalq diplomatiyasi rahbari Qobiljon Sobirov, Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi birinchi kotibi Sun ChangDong hamda xitoyshunos professor-o’qituvchilar ishtirok etdi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda xitoyshunoslik ilm-fanini rivojlantirish yo‘llari hamda TDSHU qoshidagi Xitoyshunoslik Oliy maktabi va Konfutsiy institutining roli muhokama qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ilmiy aloqalarni mustahkamlash, xitoyshunos olimlar va mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashish hamda xitoyshunoslik yo‘nalishidagi ilmiy izlanishlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida o’zaro ilmiy va madaniy aloqalarni mustahkamlash hamda xitoyshunoslik bo‘yicha tadqiqotlar olib boradigan olimlarni birlashtirish maqsad qilindi.