O’zbekistonni modernizatsiyalash vektorlari: mintaqaviy va global o’lchovlar
2020-yil 8-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va Diplomatiya universitetida Xalqaro siyosatshunos-talabalar assotsiatsiyasi (IAPSS) va JIDU “Xalqaro munosabatlar” fakulteti hamkorligida tashkil etilgan, “O’zbekistonning modernizatsiyalash vektorlari: mintaqaviy va global o’lchovlar” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Konferensiyadan ko’zda tutilgan maqsad, O’zbekiston Prezidentining mamlakat ichki va tashqi siyosatida olib borayotgan islohotlarini tahlil qilish, shuningdek, jahon hamjamiyatiga O’zbekistondagi o’zgarishlarni so’zlab berishdan iborat. Tadbirda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, O’zbekistondagi SHHT xalq diplomatiyasi markazi, Qo’qon shahar hokimligi, Qo’qon shahar madaniyat bo’limi qoshidagi “Sarvigul” cholg’u asboblari milliy ansambli ishtirok etdi.